Şavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingida 40-örinni egalladi

Şavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingida 40-örinni egalladi
  • 25
  • 13.11.2026 11:47:00
  • 1 daq o'qish

Qirollik Islom strategik tadqiqotlar markazi (RISSC) 2027-yil uçun dunyoning eng nufuzli 500 nafar musulmoni röyxatini e’lon qildi. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 40-örinni egallab, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

Reyting mualliflari Mirziyoyevning “Yangi Özbekiston” islohotlari, iqtisodiyotni liberallaştiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, majburiy mehnatga barham beriş va qöşni davlatlar bilan munosabatlarni yaxşilaş borasidagi faoliyatini e’tirof etgan.
Şuningdek, Özbekistonda islomiy merosni asraş, masjid va tarixiy obidalarni ta’mirlaş, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy majmualarini barpo etiş hamda Islom sivilizatsiyasi markazini quriş işlari alohida qayd etilgan.

Markaziy Osiyodan boşqa vakillar ham röyxatga kiritilgan. Tojikiston muftiysi Saidmuqarram Abdulqodirzoda, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev va xonanda Dimaş Qudaybergen şular jumlasidan. Qirğiziston va Turkmaniston vakillari esa röyxatdan joy olmagan.

Reytingda ilk bor beş kişi birinçi örinni egalladi. Bunga 2026-yil 7-avgustda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston yetakçilari örtasida imzolangan Makka qöşma mudofaa pakti sabab bölgan.

Birinçi örin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif, mamlakat Qurolli kuçlari boş qömondoni Asim Munir va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga berilgan.

Top-50 röyxatidan, şuningdek, Nyu-York meri Zohran Mamdani, Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy, Suriya prezidenti Ahmad aş-Şara va Falastin prezidenti Mahmud Abbos ham joy olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News