- 0
- 12.05.2025 15:58:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab yaqinidagi do‘kondan sotib olingan “sosiskali bulochka”ning qurtlab ketgani aks etgan videosi tarqaldi. Ushbu sosiska “Sag‘bon” brendiga tegishli ekani aniqlanib, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi biznes-ombudsman bilan birgalikda poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan “Sag‘bon” ishlab chiqarish korxonasida rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv natijasida mahsulotlar sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanmadi.
Mutaxassislar qurtlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq hodisa, ishlab chiqarish jarayonidagi qonunbuzarliklar bilan emas, balki mahsulotni sotish joyida noto‘g‘ri saqlash bilan bog‘liqligini tushuntirdi.