- 1
- 29.05.2025 14:55:00
- 1 daq o'qish
😍Sosiska va kartoshka – talabalar yoqtiradigan taomni Lazzat dunyosidan kutib oling. Tez va oson taom tayyorlamoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao. Ayniqsa, o‘qishdan charchab kelgan paytingizda yoki do‘stlar davrasida 10-15 daqiqa ichida tayyor bo‘ladi!
🥔Masalliqlar:
1 kg kartoshka;
Sosiska;
O‘simlik yog‘i;
Ziravorlar;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Avvalo kartoshkalarni yaxshilab tozalab, somoncha shaklida to‘g‘raymiz.
Sosiskalarni esa bo‘laklarga bo‘lamiz.
Qozonda yog‘ni qizdirib, sosiskalarni qizarguncha qovuramiz.
So‘ng ularni idishdan olib, o‘sha yog‘da kartoshkalarni qovuramiz.
Kartoshkalar qizarib, pishgach, ustiga avvalgi qovurilgan sosiskalarni qo‘shib, aralashtirib olamiz.
Yoqimli ishtaha tilaymiz