
- 8
- 25.01.2024 15:54:00
- 1 daq o'qish
Saudiya Arabistonida 70 yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan qabul qilingan bu qaror 1952-yilda birinchi marta spirtli ichimliklarga qarshi qat’iy taqiq choralarini joriy qilgan qirollik uchun tarixiy ahamiyatga ega.
Ushbu do‘kon faqat Ar-Riyodning diplomatik kvartalidagi musulmon bo‘lmaganlarga alkogol sotadi va Diplo deb nomlangan ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib tashqi ishlar vazirligidan ruxsat so‘ralishi kerak. Ruxsat etilgan diplomatlarga mehmonlarni yoki 21 yoshdan kichik bo‘lganlarni do‘konga olib kirishga ruxsat berilmaydi.