
- 0
- 21.07.2026 18:37:00
- 1 daq o'qish
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi 365 kun amal qiladigan ko‘p martalik umra vizasini joriy etdi.
Yangi viza ziyoratchilarga bir yil davomida qirollikka bir necha bor kirish imkonini beradi. Har bir tashrifda mamlakatda 90 kungacha qolish mumkin.
Yangi tartibga ko‘ra, ziyoratchilar har safar Nusuk platformasi orqali tasdiqlangan xizmatlar paketini xarid qilishi va safardan oldin ilova orqali umra ruxsatnomasini olishi shart.
Viza Haj mavsumida amal qilmaydi. Saudiya rasmiylariga ko‘ra, yangi tizim ziyoratchilar uchun qulaylik yaratish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.