Sarimsoq Konfi

Sarimsoq Konfi
  • 8
  • 24.03.2023 16:47:00
  • 1 daq o'qish

Hidsiz va lazzatli: Sarimsoq konfi retsepti

Sarimsoq konfi uchun masalliqlar:

1 bosh sarimsoq

1 stakan zaytun yogʻi

1 choy qoshiq maydalanmagan murch

TAYYORLANISHI

Sarimsoqlarning qobigʻini tozalang.

Pechni 90 darajaga moslashtiring (zaytun yogʻining qaynash darajasi oʻrtacha 300 daraja, qaynashini xohlamayapmiz)

Sarimsoqlarni pechga sigʻadigan bir idishga soling.

Sarimsoqlarning ustini yopadigan tarzda zaytun yogʻi soling.

Maydalanmagan murchlarni ham sepib barcha sarimsoqlarga yogʻ tegishi uchun aralashtiring.

Pechingizni turbo holatga keltirib 1.5-2 soat pishiring.

Sarimsoqlar vilka bilan osongina eziladigan darajaga kelganda tayyor boladi.

Ichida pishirilgan yogʻ bilan birga toza bankada 3 oy mobaynida xona temperaturasida saqlashingiz mumkin.

Yangidan konfi tayyorlamoqchi boʻlganingizda yoki xohlagan har taomingizda bu retseptda ishlatgan yogʻingizni va sarimsoqlaringizni ishlatishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News