
- 6
- 02.02.2023 17:03:00
- 1 daq o'qish
Samsung kompaniyasi Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra flagmanlarini taqdim etdi. Hammasi Qualcomm chipi va yaxshilangan kameralarga ega.
Galaxy S23 va Galaxy S23+’da asosiy kameraning to‘rtburchaklar blokidan voz kechildi, datchiklar o‘zgarishsiz qoldi. Old kamera esa 12 megapikselgacha oshirildi.
Galaxy S23 seriyasi to‘rtta Green (yashil), Lavender (lavana), Cream (bej) va Phantom Black (qora) mot rangda.
Narxlari esa quyidagicha:
• Samsung Galaxy S23 — 799 dollardan boshlab;
• Samsung Galaxy S23+ — 999 dollardan boshlab;
• Samsung Galaxy S23 Ultra — 1199 dollardan boshlab.
Sotuvlar 17-fevraldan boshlanishi rejalashtirilgan.