- 18
- 02.04.2025 09:54:00
- 1 daq o'qish
3–4-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi‘‘ birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Sammitda Shavkat Mirziyoyev, Yevropa Kengashi prezidenti, Yevropa komissiyasi prezidenti, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etadi. Ushbu sammit mintaqaviy va global siyosiy-iqtisodiy jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.