
- 13
- 13.01.2025 15:10:00
- 1 daq o'qish
“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev xastaligi tufayli 2025-yil 12-yanvar kuni JKning 75-moddasi tartibida jazodan ozod qilinib, ozodlikka chiqarildi.
Salim Abduvaliyev 2024-yil 19-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmiga ko‘ra, JKning 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topililb, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.