
- 17
- 23.09.2026 10:06:00
- 1 daq o'qish
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasidagi umumiy munozaralarda O‘zbekiston nomidan nutq so‘zlaydi.
U 21-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilgan.
BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligi 22–28-sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat va hukumat rahbarlari hamda yuqori martabali vakillar xalqaro masalalar yuzasidan nutq so‘zlamoqda.
O‘tgan yili 80-sessiyada O‘zbekiston nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan edi.