Saida Mirziyoyeva AQSHda ilm-fan va boshqa sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSHda ilm-fan va boshqa sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi
  • 5
  • 19.09.2023 15:04:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSHda ilm-fan va boshqa sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. 

Ular qatorida Kolumbiya universitetida O‘zbekistondan birinchi ayol-professor Aziza Shonazarova, Viskonsin universiteti katta ilmiy xodimi Bekzod Hoshimov, Garvard universiteti katta ilmiy xodimi Botir Qobilov ham bor.

Saida Mirziyoyeva ilm-fan va boshqa sohalarda yuksak muvaffaqiyatlarga erishayotgan o‘zbekistonliklar yildan-yilga ko‘payib borayotganidan xursandligini bildirgan.

“Yigit-qizlarimiz mehnati jahonning eng nufuzli ta’lim muassasalarida qanday e’tirof etilayotganini ko‘rib, g‘ururlanaman. Va ishonamanki, vaqti kelib bu yoshlarimiz yurtimiz ilm-fanini rivojlantirishga ham o‘z hissalarini qo‘shadilar”, — deb yozadi Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHda bo‘lib turibdi. Davlat rahbari u yerda yashayotgan va ishlayotgan bir guruh vatandoshlar hamda ushbu mamlakatning yetakchi oliy taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News