
- 9
- 22.09.2026 10:00:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 22-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.
“Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman”, dedi Prezident administratsiyasi rahbari.
Uchrashuv BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Sessiyaning umumiy munozaralari 22–26-sentabr hamda 28-sentabr kunlari o‘tkaziladi.