Saida Mirziyoyeva BMT va GEF vakillari bilan ekologik hamkorlikni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva BMT va GEF vakillari bilan ekologik hamkorlikni muhokama qildi
  • 9
  • 05.06.2026 15:14:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, UNEP ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik jamg‘arma (GEF) Bosh ijrochi direktori Karlos Manuel Rodriges bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida cho‘llanishga qarshi kurash, yer degradatsiyasining oldini olish, havo sifati monitoringi, biologik xilma-xillikni saqlash hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanish kabi dolzarb ekologik masalalar muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “yashil” islohotlar va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib oldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News