Saida Mirziyoyeva BMTda nutq so‘zladi

Saida Mirziyoyeva BMTda nutq so‘zladi
  • 15
  • 24.09.2026 09:46:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida nutq so‘zlab, global xavfsizlik, xalqaro hamkorlik, Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi islohotlar haqida gapirdi.
U bugungi dunyoda urushlar, geosiyosiy ziddiyatlar va tengsizlik kuchayib borayotganini ta’kidlab, O‘zbekiston ochiqlik, qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatlar va xalqaro muloqot yo‘lidan borayotganini aytdi.

Saida Mirziyoyeva BMTni isloh qilish zarurligiga ham to‘xtaldi: “Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak”.
U O‘zbekiston BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish tarafdori ekanini, shuningdek, 2035–2036-yillar uchun Kengashning doimiy bo‘lmagan a’zoligiga nomzodini ilgari surganini ma’lum qildi.
Nutqda Markaziy Osiyodagi hamkorlik, Afg‘oniston, Orolbo‘yi, iqlim o‘zgarishi, sun’iy intellekt va inson huquqlari masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistondagi islohotlar markazida inson qadri turishini ta’kidlab, mamlakatda iqtisodiyot, ta’lim va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, u sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar inson huquqlari, xavfsizlik va teng imkoniyatlar tamoyillariga mos ravishda rivojlanishi kerakligini qayd etdi.

Nutq yakunida Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoni barpo etishga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News