Saida Mirziyoyeva: “AQSH bilan kelishuvlar yangi ish o‘rinlarini yaratishi kerak”

 Saida Mirziyoyeva: “AQSH bilan kelishuvlar yangi ish o‘rinlarini yaratishi kerak”
  • 0
  • 20.10.2026 11:08:00
  • 1 daq o'qish

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida o‘tkazilgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi yakunlari yuzasidan fikr bildirdi.

Yig‘ilishda 100 dan ortiq kompaniya vakillari bilan sarmoya kiritish, biznesni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Kengashning tashkil etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Endilikda asosiy vazifa erishilgan kelishuvlarni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlari ko‘rinishidagi amaliy natijalarga aylantirish”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

U mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani va O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi uchun Marko Rubio, uning rafiqasi Janett hamda AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gorga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Kengash tashkil etilgani uchun O‘zbekiston prezidentiga alohida tashakkur izhor etdi.

#saidamirziyoyeva #aqsh #casia #prezident 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News