
- 7
- 18.07.2024 13:28:00
- 1 daq o'qish
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov rafiqasi hamrohligida 18-iyul kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
Sadir Japarov O‘zbekistonga so‘nggi marta davlat tashrifi bilan 2021-yilning mart oyida kelgandi.