
- 0
- 12.07.2025 12:36:00
- 1 daq o'qish
“Verstka” nashrining xabariga ko‘ra, 2024-yil avgustidan boshlab Rossiyada politsiyachilar, uchastka nozirlari, tergovchilar va tezkor xodimlarga hibsga olingan va Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolab urushga ketgan har bir shaxs uchun 10 mingdan 100 ming rublgacha mukofot puli to‘lanmoqda.
Urushga rozi bo‘lgan gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi to‘xtatiladi, ehtiyot chorasi bekor qilinadi, va sudlanganlik qayd etilmaydi.
Iyun oyida 3333 nafar hibsga olinganga urushga borish taklif etilgan, ulardan 392 nafari rozi bo‘lgan. Politsiyachilar bu orqali oylik maoshidan ko‘proq daromad olayotgani aytilmoqda.