
- 0
- 24.06.2025 13:44:00
- 1 daq o'qish
Rossiyada patent yoki yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) olishni istagan migrantlar uchun rus tili imtihonlari murakkablashtiriladi
“Rosobrnadzor” 2025-yil 10-iyuldan boshlab patent yoki yashash ruxsatnomasi oladigan migrantlar uchun rus tili imtihonida tinglab tushunish vazifalari sonini 2 tadan 4 taga oshiradi va tinglab tushunish hamda gapirish bo‘limlari uchun minimal ball talab qiladi. 2025-yil 23-iyuldan savollar banki ikki baravar kengaytiriladi. 2026-yil 1-yanvardan esa rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari imtihonlari faqat kompyuter va masofaviy texnologiyalar orqali o‘tkaziladi.