Rossiyalik ovchi Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan morxo‘rni ovladi

Rossiyalik ovchi Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan morxo‘rni ovladi
  • 0
  • 01.08.2025 12:18:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik ovchi Surxondaryoda yo‘qolib ketish arafasidagi morxo‘rlarni ovlagani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya vazirligi bu holat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilganini ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda ov uchun ruxsatnoma asosida 100 ming dollar miqdorida to‘lov undirilgan. Ushbu mablag‘lar tabiatni muhofaza qilish va brakonyerlikka qarshi kurashga yo‘naltiriladi.

Vazirlikka ko‘ra, faqat yoshi katta, nasl qoldirish davridan o‘tgan erkak morxo‘rlarni ovlashga ruxsat beriladi. Jarayon qat’iy nazorat ostida o‘tkaziladi.  Surxon davlat qo‘riqxonasida hozirda 673 bosh morxo‘r mavjud. Har bir morxo‘r uchun chet elliklar 25 ming dollar to‘lov qilishi kerak. Morxo‘r O‘zbekiston Qizil kitobiga va Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritilgan noyob hayvon bo‘lib, ayniqsa yoshi katta erkaklarining 90 – 100 sm uzunlikdagi buralgan shoxlari bilan ajralib turadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News