Xerson shahrida Rossiya droni oddiy sotuvchiga hujum qildi

Xerson shahrida Rossiya droni oddiy sotuvchiga hujum qildi
  • 0
  • 05.08.2026 18:51:00
  • 1 daq o'qish

Ukrainaning Xerson shahrida Rossiyaning uchuvchisiz dron hujumi oqibatida 52 yoshli sabzavot sotuvchisi og‘ir tan-jarohati oldi. Ukraina huquq-tartibot idoralari e'lon qilgan videoda erkakning bozor hududida drondan qochishga urinayotgani aks etgan. Erkakning ma’lum qilishicha, u avtomobilida faqat sabzavot borligini, unda hech qanday harbiy yuk yo‘qligini ko‘rsatishga harakat qilgan, biroq, dron baribir uning yonida portlagan.
Ukraina rasmiylari mazkur hodisani tinch aholiga qarshi qasddan uyushtirilgan hujum sifatida baholamoqda. Rossiya tomoni esa ushbu holatga hozircha rasmiy izoh bermagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News