Rossiya Mudofaa vazirligi AZAL samolyotini urib tushirishga buyruq bergani aytilmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligi AZAL samolyotini urib tushirishga buyruq bergani aytilmoqda
  • 0
  • 03.07.2025 06:11:00
  • 1 daq o'qish

 

Ozarbayjonning Minval.az nashri xabar berishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi 2024-yil 25-dekabr kuni AZAL aviakompaniyasining Embraer E190 samolyotini yo‘q qilish bo‘yicha buyruq bergan. Nashrga anonim manba tomonidan yuborilgan xatda havo hujumidan mudofaa kapitani Dmitriy Paladichuk bu ishni aynan vazirlik buyrug‘i asosida amalga oshirganini bildirgan.

Xatga qo‘shimcha sifatida samolyotga o‘q uzilgan jarayonga oid audioyozuv, video parcha va texnikaning nosoz holatini tasdiqlovchi boshqa materiallar ham ilova qilingan. Audioyozuvda harbiy ovozi orqali “O‘t och!”, “Yana bir marta!” kabi buyruqlar eshitiladi.
Voqea bo‘yicha mustaqil tergovlar va ekspertiza ishlari davom etmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News