Tailandda rossiyalik opa-uka vahshiylarcha o‘ldirildi

Tailandda rossiyalik opa-uka vahshiylarcha o‘ldirildi
  • 0
  • 03.08.2026 10:49:00
  • 1 daq o'qish

22 yoshli Diana Nazimova va uning 17 yoshli ukasi Roman Nazimov do‘konga chiqib, bedarak yo‘qoldi. Diana yo‘qolishidan oldin onasiga “Shoshilinch!” degan xabar yuborib, kimdir ularni kuzatayotganini yozgan.

Politsiya ikki gumondorni qo‘lga oldi. Ular mototsiklni o‘g‘irlashga uringanini, qarshilik ko‘rsatilgach esa Roman otib o‘ldirilgani, Diana esa kaltaklanib halok bo‘lganini tan olgan. Jasadlar va mototsikl qismlari keyinchalik ko‘milgan holda topilgan. Hozirda voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News