
- 2
- 29.04.2025 14:03:00
- 1 daq o'qish
Rossiyaning “Kelajak transporti” kompaniyasi 2025-yil oxirigacha O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Yuriy Kozarenko ma’lum qildi.
Loyiha doirasida Rossiya va O‘zbekiston dronlardan xavfsiz foydalanish uchun zarur infratuzilmani ham birgalikda yaratadi. Ishlab chiqariladigan dronlar qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi rejalashtirilgan.