
- 2
- 12.07.2025 16:06:00
- 1 daq o'qish
Rossiyada umumiy ovqatlanish, logistika, qishloq xo‘jaligi va uy-joy xizmatlarida ishchi kuchi tanqisligi kuchaymoqda. Mahalliy aholi og‘ir va kam haq to‘lanadigan ishlarga qiziqmayotgani sababli, hukumat migrantlarga qo‘yilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilmoqda.
Masalan, Nijniy Novgorod va Sankt-Peterburgda migrantlarni yollashga qo‘yilgan taqiqlar bekor qilindi. Qishloq xo‘jaligida esa hosil yig‘ilmay qolayotgani sababli katta zarar yuzaga kelmoqda. Ishchilarning yetishmasligi meva va sabzavotlarni dalada chirishga olib kelmoqda.
Fermerlar rus tilidan imtihon topshirish talabini bekor qilishni so‘ramoqda, chunki qisqa muddatga kelgan migrantlar bu talabni bajara olmayapti. Ishchilarga to‘lovni mahsulot bilan berish takliflari ham ilgari surilmoqda. Hozircha talabalarni jalb qilish bo‘yicha urinishlar natija bermagan.