
- 7
- 03.01.2025 13:30:00
- 1 daq o'qish
2025 yil 1-yanvardan boshlab Rossiyaga kiruvchi xorijiy fuqarolarning vaqtincha bo‘lish muddatiga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar kuchga kirdi.
Jumladan, xorijliklarning Rossiyada vizasiz bo‘lish muddati bir yilga 90 kungacha qisqartirildi. Ilgari bu muddat 180 kunni tashkil qilar edi.
O‘zgartirishlar Rossiyaga vizasiz kiradigan chet el fuqarolariga tegishli. Rossiyaga viza bilan kelgan xorijliklarning vaqtincha bo‘lish muddati o‘zgarishsiz qolmoqda.
Shu bilan birga, 2025 yil 5-fevraldan boshlab Rossiya chegarachilari mamlakat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan chet el fuqarosiga kirishni rad etish huquqiga ega bo‘ladi.