Rossiyada kechasi internetni cheklash taklif qilindi — tug‘ilish darajasini oshirish uchun

Rossiyada kechasi internetni cheklash taklif qilindi — tug‘ilish darajasini oshirish uchun
  • 0
  • 11.06.2025 08:17:00
  • 1 daq o'qish

 

Bryansk viloyati dumasi deputati Mixail Ivanov yosh oilalarda farzand yo‘qligini “internetga qaramlik” bilan bog‘ladi va 23:00 dan 02:00 gacha raqamli cheklov joriy qilishni taklif etdi.

Deputatga ko‘ra, yoshlar tungi vaqtlarda ekran qarshisida vaqt o‘tkazib, real muloqot va oilaviy qadriyatlardan uzoqlashmoqda.

U bu tashabbusni “jamiyat farovonligi uchun oqilona tartib” deb atadi. Taklifga ko‘ra, bunday tajriba ixtiyoriy tarzda, provayderlar va psixologlar ishtirokida boshlanishi mumkin.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News