
- 6
- 09.12.2024 10:39:00
- 1 daq o'qish
Rossiyada migrantlarga maktab va bog‘cha yaqinida yashash taqiqlanishi mumkin. Davlat dumasida mehnat migrantlarining taʼlim muassasalari hududidan 200 metrdan kam masofada yashashini taqiqlovchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Amaldagi qonunchilik mehnat migrantlari yashash joylarini tanlashiga hech qanday cheklov qo‘ymaydi. Slutskiyning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab xorijliklar ko‘pincha ta’lim muassasalari yaqinida yashaydi, bu esa voyaga yetmaganlar uchun nojo‘ya xatti-harakatlar yuzaga kelgan taqdirda “potensial xavf” tug‘diradi.
Shuningdek, hujjatda, mehnat migrantlarining bino va xonalarni ta’mirlash ishlari doirasida bevosita ta’lim tashkilotlari hududida yashashi holatlari uchrayotgani aytiladi.