
- 1
- 26.08.2025 09:08:00
- 1 daq o'qish
Rossiya parlamenti deputatlari migrantlar uchun imtihonlarni “ayollar bilan muomala qoidalari” bo‘limi bilan to‘ldirish tashabbusi bilan chiqdi. Ularning fikricha, migrantlar orasida ayollarga nisbatan hurmatsizlik va bezorilik holatlari ortib bormoqda. Taklifga ko‘ra, chet elliklar Rossiya tili, tarixi va qonunlari bilan bir qatorda ayollar bilan muomala qoidalari hamda ularni buzish oqibatlari haqida bilimga ega bo‘lishi shart. Deputatlar bu tashabbus ayollar xavfsizligini oshirish va migrantlarning jamiyatga integratsiyasiga yordam berishini ta’kidlashdi.