Rossiyaga “zagran” pasportsiz kirishga ruxsat berilishi mumkin

Rossiyaga “zagran” pasportsiz kirishga ruxsat berilishi mumkin
  • 0
  • 12.09.2025 07:57:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston va Rossiya fuqarolariga “zagran”pasportisiz, faqat ichki pasport yoki ID-karta orqali ikki mamlakatga kirish huquqini berish masalasi muhokama qilinmoqda. TIV matbuot kotibi Ahror Burxonovning aytishicha, muzokaralar davom etmoqda va zarur tartib-taomillar o‘tkazilmoqda. Shuning uchun ushbu imkoniyatning aniq sanasi hali belgilanmagan.

Ayni paytda ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejim mavjud bo‘lsa-da, Rossiya fuqarolari O‘zbekistonga, o‘zbekistonliklar esa Rossiyaga kirish uchun hozircha chet el (“qizil”) pasportidan foydalanmoqda. Shu bilan birga, 2025-yil 30-iyundan boshlab Rossiyaga vizasiz kelayotgan chet el fuqarolari “Gosuslugi RuID” ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi va QR-kod olishi talab etiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News