
- 5
- 09.12.2024 10:36:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq Reuters Bashar Asad aviahalokat qurboniga aylangan bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Bu Rossiyaning Bashar Asadni evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliyoti bo‘lgani ma’lum qilingan. Uning samolyoti ekipaj rossiyaliklar instruksiyasini bajargani tufayli radarlardan yo‘qolgan. Bashar Asad oilasi bilan birga Rossiyaga uchib keldi. Bu haqda Kremldagi manbalarga tayanib, “TASS” xabar berdi. Rossiya hukumati Suriya sobiq prezidenti va uning oilasiga boshpana taqdim etgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchi muxolifat Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgan.