Rossiya urushda qatnashganlarga yer beradi

Rossiya urushda qatnashganlarga yer beradi
  • 9
  • 28.08.2024 16:12:00
  • 1 daq o'qish

Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzib, Ukrainaga qarshi urushda qatnashganlarga tan olinmagan Qrim “hokimiyati” tomonidan yer uchastkalari beriladi. Bunda Rossiya fuqarolari federatsiya hududida ro‘yxatdan o‘tgan joyi va yashash manzilidan qat’i nazar Qrimda yer olish imkoniga ega bo‘ladi. Tegishli qonun rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun o‘tgach kuchga kiradi. Rossiya bu bilan armiyasini safarbarliksiz to‘ldirishga urinmoqda.

Shuningdek, Rossiya yuqori maosh va fuqarolikni va’da qilib, global Janub mamlakatlari fuqarolarini urushga faol jalb qilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News