Rossiya Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urgani yuzasidan tushuntirish so‘radi

Rossiya Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urgani yuzasidan tushuntirish so‘radi
  • 8
  • 26.09.2024 09:08:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda birinchi ish kunidan gap qaytargan o‘quvchini urgan rus tili o‘qituvchisining videosi tarqalib muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ham e’tiborini tortgan va Moskva Toshkentdan tushuntirish so‘ragan. Mariya Zaxarova Rossiya O‘zbekistondan yuz bergan hodisaga huquqiy baho berishni va bolaga nisbatan shafqatsizlik qilgan aybdorga qarshi choralar ko‘rishni so‘raganini aytdi. 
“Bu masalani diqqat-e’tiborimiz markazida tutamiz”, - deydi Zaxarova.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News