
- 11
- 26.06.2024 12:34:00
- 1 daq o'qish
Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashishdi. Ukraina asirlikdagi 90 nafar rossiyalik harbiyni, Rossiya 90 nafar ukrainalik harbiyni qaytardi. Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Birlashgan Arab Amirliklari harbiy asirlarni almashishda vositachilik qilgan.
Ma’lumot uchun, oxirgi marta Moskva va Kiyev mahbuslar almashinuvi haqida 2024-yil 31-may kuni xabar berishgan. O‘shanda Rossiya va Ukraina 75 nafar asir almashganini ma’lum qilingan edi.