Ronaldu islom dinini qabul qilish niyatida

Ronaldu islom dinini qabul qilish niyatida
  • 13
  • 06.12.2024 14:24:00
  • 1 daq o'qish

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” futbol klubi sobiq darvozaboni Valid Abdulla arab telekanalidagi dasturlardan birida Krishtianu Ronaldu Saudiya madaniyatiga chuqur moslashib borayotgani va islom dinini qabul qilish niyati borligini aytdi. 
Unga ko‘ra, Ronaldu musulmon jamoadoshlari bilan yaqin bo‘lish uchun islomiy an’analarga jiddiy qiziqish bildirgan va hatto mashg‘ulotlar orasida jamoadoshlariga namoz o‘qishga vaqt ajratishlarini ta’minlashga harakat qiladi. Ronalduga “Real Madrid”dagi jamoadoshlari Mesut O‘zil va Karim Benzema o‘z vaqtida Islom dinini qabul qilish haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan. 
Shuningdek, Abdulla Ronaldu va uning o‘g‘lini kamtarligini maqtab, Saudiya jamoatchiligi mehrini qozonganini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News