
- 7
- 12.04.2023 13:34:00
- 1 daq o'qish
Hozirda “Al Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatida yetakchi “Al Ittihod”dan 3 ochkoga ortda qolmoqda. Klub Rudi Garsiyani lavozimidan ozod etadi. Bunga sabab Krishtianu Ronaldu Garsiyaning ish uslubi va jamoa o‘yinidan norozi. Portugaliyalik futbolchi klub bundan yaxshiroq saviyada o‘ynay oladi, deb hisoblaydi. Ma’lumot uchun, Ronalduning shartnomasida jamoa bosh murabbiyini almashtirish huquqi bor edi.