
- 2
- 16.09.2026 10:39:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
300 gr un
50 gr qand upasi
1 choy qoshiq razrixlitel
150 gr sariyog‘
1 dona tuxum sarig‘i
100 gr smetana
Tayyorlanishi:
Idishga un, smetana, razrixlitel, tuxum sarig‘i, smetana va xona haroratida eritilgan sariyog‘ solinib, yumshoq xamir qoriladi. Xamir biroz tingandan so‘ng, bo‘laklarga bo‘linib, dumaloq shaklda o‘qlov bilan yoyiladi. Keyin pichoq yordamida uchburchak shaklda kesiladi va ichiga murabbo yoki shokolad pastasi solinib, o‘rab chiqiladi. Oxirida, tayyor bo‘lgan rogaliklar oldindan 200°C gacha qizdirilgan pechda15 daqiqa pishiriladi. Rogaliklar pishib chiqqandan so‘ng, ustidan qand upasi sepilib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha❤️