
- 0
- 11.09.2026 17:40:00
- 1 daq o'qish
Polshaning Varshava shahrida noodatiy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. 30 ga yaqin robot sun’iy intellekt va robotlashtirishni tartibga soluvchi qoidalarni kuchaytirishni talab qilib, namoyish o‘tkazdi. Qayd etilishicha, tashkilotchilar ushbu namoyish orqali sun’iy intellekt va robotlashtirishning mehnat bozoriga ta’siri sabab insonlarning ish o‘rinlarini yo‘qotish xavfi yuqoriligini ko‘rsatishga harakat qilgan.