16 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan robot “qo‘lga olindi”

16 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan robot “qo‘lga olindi”
  • 5
  • 15.10.2026 18:01:00
  • 1 daq o'qish

Germaniyaning Kyoln shahrida robotning 16 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakatlari yuzasidan politsiya tergov boshladi.
Hodisa 11-oktabrga o‘tar kechasi shahar markazidagi restoran yonida sodir bo‘lgan. Taxminan 1,2 metr bo‘yli robot qizga yaqinlashib, uning orqasiga qo‘l tekkizgan va jinsiy mazmundagi harakatlar qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, robotning 16 yoshli egasi va uning 19 yoshli do‘sti voqeani videoga olib, ijtimoiy tarmoqda jonli efirga uzatgan. Robotning oldin ham nomaqbul harakatlar sodir etgani aks etgan videolar tarqalgan.
Politsiya voqea joyiga yetib kelib, robotni va gumondorlarning ikkita telefonini olib qo‘ydi. Hozir robot qanday boshqarilgani va uning harakatlari ataylab amalga oshirilganmi, shu masalalar tekshirilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News