“Amirsoy”dagi restoran yonib ketdi

“Amirsoy”dagi restoran yonib ketdi
  • 0
  • 11.06.2025 08:29:00
  • 1 daq o'qish

 

10-iyun kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” kurort majmuasida joylashgan yog‘och konstruksiyali restoranda yong‘in sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotiga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:01 da yetib borgan, yong‘in soat 02:13 da o‘rab olinib, 04:20 da to‘liq o‘chirilgan. Restoranning taxminan300 kvadrat metr maydonda tomi, shifti, ichki qismi va jihozlari yongan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News