“Andijonda bolalar bog‘chada zaharlangani haqidagi xabarlar yolg‘on” — viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

“Andijonda bolalar bog‘chada zaharlangani haqidagi xabarlar yolg‘on” — viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi
  • 5
  • 22.09.2023 12:27:00
  • 1 daq o'qish

Tarmoqlarda “Andijonda ham bolalar bog‘chada zaharlangani aytilmoqda” nomli xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, bolalar bog‘chada zaharlanib, shifoxonalarga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga izoh berdi.

“Andijonda bolalar bog‘chada zaharlangani haqidagi xabarlar yolg‘on. Shifoxonalarga doridan ommaviy zaharlanish tashxisi bilan murojaatlar kelib tushgani yo‘q.

Viloyatda chorshanba kuni bolalarga dori berilgan. Balki bolalar boshqa kasallik bilan og‘risa ham ota-onalar zaharlanishga gumon qilishayotgan bo‘lishi mumkin”, – dedi boshqarma masʼul xodimi.

Chustdagi holat

Namangan viloyatining Chust tumanidagi bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchi bolalarning ommaviy zaharlanishi kuzatilgan edi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi zaharlangan bolalar soni 71 nafar ekanini bildirgan bo‘lsa, Bosh prokuratura Chustda Favqulodda holat e‘lon qilinganini inkor etgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, holat vazir nazoratiga olingan.

Manba:Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News