
- 4
- 13.03.2025 08:11:00
- 1 daq o'qish
7-martdan Toshkent shahrida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar boshlandi. Ushbu ishlarni amalga oshirish yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda shahar aholisi va jamoat transporti harakatlanishini yanada qulaylashtirish maqsadida olib borilmoqda. Ishlar transport harakati faol bo‘lgan ko‘chalarda amalga oshirilib, umumiy maydoni 65 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘llar ta’mirlanadi. Tirbandliklarning oldini olish va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida yo‘l ishlari asosan transport harakati eng kam bo‘lgan soatlarda tashkil etiladi.