
- 0
- 09.06.2025 15:55:00
- 1 daq o'qish
8-iyun kuni Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Uni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi. 9-iyun kuni Fitso “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumentiga gul qo‘ydi va majmua bilan tanishdi. Ko‘ksaroyda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va texnologik sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovga ko‘ra, tomonlar o‘zaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tardi.