
- 5
- 25.03.2025 09:21:00
- 1 daq o'qish
OpenAI va MIT tadqiqotchilari chat-botlar bilan muntazam muloqot odamlar bilan kamroq suhbatlashishga va yolg‘izlikni kuchaytirishga olib kelishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, chat-botga ishonchning yuqoriligi yolg‘izlik tuyg‘usi va texnologiyaga qaramlikni keltirib chiqaradi. Olimlar, ayniqsa, yoshlar va ruhiy muammolari bor odamlarning sun’iy intellekt bilan muloqotining ta’siri haqida xavotirda. Biroq, chat-bot qaramlikka olib keladimi yoki yolg‘iz odamlar unga ko‘proq murojaat qiladimi, hozircha aniq emas.