O‘zbekistonda kriminogen vaziyat murakkab bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda kriminogen vaziyat murakkab bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi
  • 5
  • 28.07.2023 14:06:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan IIV kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida O‘zbekistonda kriminogen vaziyat murakkab bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi.

Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, kriminogen vaziyat murakkab bo‘lgan, “qizil” toifaga kiritilgan mahallalar eng ko‘p Toshkent shahri, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro  va Namangan viloyatlariga to‘g‘ri kelgani ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan olti oyda mahalladagi o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar Farg‘ona, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo viloyatlarida eng ko‘p sodir etilgan.

Farg‘ona shahrida o‘g‘rilik, Namangan shahrida bezorilik, Qo‘qon shahrida tan jarohati, Samarqand shahrida nomusga tegish va tovlamachilik, Mirobod tumanida qotillik ko‘p yuz bergan.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News