“Sibir — o‘zbeklarning tarixiy vatani” degan deputat mandatidan voz kechdi

“Sibir — o‘zbeklarning tarixiy vatani” degan deputat mandatidan voz kechdi
  • 1
  • 18.07.2025 15:44:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Xanti-Mansi (Yugra) avtonom okrugi dumasi deputati Xolid Tagizade “Sibir o‘zbeklarning tarixiy vatani” degan bayonotidan so‘ng deputatlik mandatidan voz kechdi. U 7-iyul kuni vakolatidan voz kechish haqidagi arizani topshirgan, yakuniy qaror esa 19-iyul kuni e’lon qilinishi mumkin. 
🗓 Sobiq deputat 29-may kungi parlament yig‘ilishida: “O‘zbekistonlik migrantlar bu yerga — o‘z tarixiy vatanlariga kelishmoqda”, — degan edi. Unga ko‘ra, Yugra va Tyumen viloyati avval Sibir xonligi tarkibida bo‘lgan.
Bu so‘zlar Rossiyada keskin norozilik keltirib chiqarib, deputatga qarshi jazo choralari ko‘rildi:
▪️ Ijtimoiy rivojlanish qo‘mitasidan chetlatildi
▪️ Deputatlik maoshidan mahrum qilindi
▪️ Jamoat oldida uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.
🧑‍⚖️ Shunga qaramay, ekspertlar uning nutqida ekstremistik chaqiriqlar topmadi.
📝 Tagizade o‘zining “VKontakte” sahifasida uzr so‘rab, bu bayonot “qat’iy da’vo emas, balki taxmin” ekanini bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News