Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi
  • 6
  • 08.10.2024 10:27:00
  • 1 daq o'qish

7-oktyabr kuni Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘a, endilikda  qasddan badanga yengil shikast yetkazganlar endi jinoiy emas, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki
15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News