
- 0
- 08.09.2025 07:41:00
- 1 daq o'qish
Dunyo bo‘ylab odamlarning 40 foizi yangiliklarni o‘qishni to‘xtatgan. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 29% edi.
Respondentlar bunga kayfiyatga salbiy ta’sir, uzluksiz axborot oqimi va voqealarga ta’sir qila olmaslikni sabab qilib ko‘rsatgan. Ayrimlar faqat sarlavhalarni ko‘radi, boshqalar esa haftasiga bir marta yangiliklarni o‘qiydi.
Yangiliklardan voz kechish odatda yoshlar, ayollar va past ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarda ko‘proq uchraydi. Buyuk Britaniyada 46%, AQSHda 42% odamlar yangiliklardan uzoqlashgan.