Angrenda qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olindi

Angrenda qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olindi
  • 4
  • 11.04.2023 08:27:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent viloyati Angren shahrida qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, shahardagi dehqon bozori oldida Nexia yo‘lovchisi A.S. jami 13 dona 100 ming so‘mlik qalbaki pulni o‘tkazish maqsadida olib kelgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News