
- 1
- 26.07.2025 09:56:00
- 1 daq o'qish
Defensa Sentral nashri xabar berishicha, “Real” klubi rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazmoqda va unga aniq ultimatum qo‘ygan. Agar tomonlar “Real”ning shartlariga ko‘ra kelishuvga erisha olmasa, “Real” klubi 2026-yil yozida Vinisiusni transferga qo‘yishga tayyor bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior 2018-yilda “Real Madrid” safiga qo‘shilgan bo‘lib, hozirgacha klub safida 322 ta o‘yin o‘tkazib, 106 ta gol urgan. Vinisiusga klubning asosiy yetakchilaridan biri sifatida qaralmoqda.