- 11
- 27.02.2025 08:40:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Shahriyor 25-fevral kuni Toshkent shahridagi “Sharq” YPX maskanida giyohvandlik moddasi bilan ushlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov munosabat bildirib, ushbu xabarlar haqiqatdan yiroq ekanini ma’lum qildi va OAV, shuningdek, jamoatchilikni surishtiruv va tergovga oid axborotni tarqatishlarida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.